
"Aston Villa"ning yangi sport direktori Mateu Alemani jamoani kuchaytirish uchun bir nechta nomzodlarni aniqlab bo'ldi. Diario AS xabariga ko'ra, mutaxassisning nomzodlar ro'yxatidan "Real" yarim himoyachisi Marko Asensio, "Vilyarreal" yarim himoyachisi Aleks Baena va "Barselona" hujumchisi Ferran Torreslar bor.
Asensio mavsum oxirida "Real" bilan shartnomasini yangilamasa, erkin agentga aylanishi mumkin, ammo Markoning "Aston Villa"ga o'tishga rozi bo'lishi hali aniq emas. Baena ilgari Unai Emeri qo'l ostida "Vilyarreal"da o'ynagan, shuning uchun menejer bilan tanishish shartnomani yopishga yordam berishi mumkin edi. Torresga kelsak, "Barselona" Ferranni sotmoqchi, futbolchining o'zi esa Premer-ligaga qaytishga qarshi emasdek.
Fikrlar 0