"Barselona" vingeri Rafinya Dias kelasi mavsumda jamoasida o'rinbosar bo'lish niyatida emas. Sport.es xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi asosiy tarkibda o'ynamoqchi.

Rafinya "Barselona"ni tark etish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, chunki u Usmon Dembele bilan raqobat tufayli kelasi mavsumda kam o'yin o'tkazishiga ishonmoqda.

Braziliyalik futbolchiga Angliya Premer-ligasi klublari tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda. Futbolchi uchun kurashda hamon “Nyukasl” peshqadamlik qilmoqda.

Rafinya o'tgan yozda "Lids"dan 58 million evro evaziga "Barselona"ga o'tgan edi.