«Barselona» hujumchisi Rafinya Diaz keyingi mavsumda «ko'k-anorranglilar» lagerida qolishini aytdi.

«Barsa»da chempionlikni qo'lga kiritish men tasavvur qilganimdan ham yaxshiroq. Keyingi mavsumda biz ko'proq yutuqlarga erishishga harakat qilamiz», - dedi futbolchi.

Kecha «Barselona» rasman Ispaniya chempioniga aylandi.

Eslatib o'tamiz, Rafinya o'tgan yozda «Barsa»ga o'tgandi. 26 yoshli braziliyalikning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda u o'z klubi uchun barcha beshta rasmiy turnirda 46ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 12 ta golga assistentlik qilgan.