Kataloniyaning «Barselona» klubi yarim himoyachisi Pedri argentinalik hujumchi Lionel Messining «ko'k-anorranglilar» lageriga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.

«Men Messining transferi haqidagi mish-mishlarni tez-tez ko'raman. Men Leoning «Barselona»ga qaytishini juda xohlardim.

Albatta, ko'p narsa klub rahbariyatiga va Messining o'ziga bog'liq. Ammo umid qilamanki, bu sodir bo'ladi», - dedi futbolchi.

Messi «Barselona» akademiyasi bitiruvchisidir. U 2005 yildan 2021 yilgacha «Barsa»ning asosiy jamoasida o'ynagan.

Hujumchi so'nggi ikki mavsumni «PSJ» safida o'tkazdi. Uning parijliklar bilan shartnomasi kelasi yil yozida tugaydi.