
«Barselona» yarim himoyachisi Pedri bolaligida klubning sobiq yarim himoyachisi Andres Inestaga qanday taqlid qilganini aytdi.
Eslatib o'tamiz, hozirda ispaniyalik yarim himoyachi Yaponiyaning «Vissel Kobe» jamoasida to'p tepmoqda.
«Bolaligimda otamga Inestaga o'xshagan sochni xohlashimni aytgandim. U menga Andresning kalligini aytdi, shundan so'ng men bu haqda jiddiy o'yladim va shundayligimcha qolishga qaror qildim», - dedi Pedri El Hormigueroga bergan intervyusida.
Fikrlar 0