
"Barselona" rahbariyati va bosh murabbiy Xavi o'rtasida yangi shartnoma borasida olib borilayotgan muzokaralar hali yakuniy nuqta kelganicha yo'q. Jamoa prezidenti Joan Laporta ispaniyalik murabbiyga Evropaning eng ko'p maosh olayotgan mutaxassislari singari maosh to'lashga tayyor emas.Ma'lumotlarga qaraganda, Xavi hozirgiga qaraganda 2 baravar ko'proq maosh olishni istamoqda. Uning hozirgi yillik maoshi 4 million evroga teng (soliqlar chiqarib tashlanmagan holda). Taqqoslash uchun: Diego Simeonening «Atletiko»dagi yillik moashi 30 mln evrodan ko'proq. Shunga qaramay, Xavi jamoani tark etmoqchi emas.
Fikrlar 0