"Barselona" bu mavsumda La Ligada o'z uyidagi ilk mag'lubiyatini qabul qildi.

Xavi shogirdlari La Liganing 35-turida “Real Sosedad”ga imkoniyatni boy berdi (1:2).

Kataloniyaliklar oxirgi marta 2022 yil 22 may kuni Ispaniya chempionatida “Kamp Nou”da mag'lub bo'lishgandi – “Vilyarreal” (0:2).

O'shandan beri va bugungi kungacha ular o'z arenalarida 14 ta g'alaba va uchta durangga erishgan.

Mavsum oxirigacha “Barselona” yana bir bor o'z maydonida – 28 may kuni “Malorka”ga qarshi o'ynaydi.