"Barselona" himoyachilari Aleks Balde va Serxi Roberto La Ligadagi g'alabadan so'ng rossiyalik muxlislarga murojaat qilishdi.

“Rossiyadagi barcha “Barselona” muxlislariga katta salom! Yaqinda ko'rishamiz!" - dedi Balde.

"Hurmatli Rossiyadan kelgan muxlislar! Qo'llab-quvvatlaganingiz va energiyangiz uchun tashakkur! Siz ham bu g'alabaning bir qismisiz! Umid qilamanki, biz birgalikda yana ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritamiz!" - dedi Roberto.

Kataloniyalik futbolchilarning videomurojaati La Liga o'yinlarini Rossiyada olib boruvchi "Okko" kompaniyasining "Instagram"dagi sahifasida e'lon qilindi.

Avvalroq, "Napoli" ustozi Luchano Spaletti "Zenit"ni Rossiya chempionatidagi g'alabasi bilan tabriklagandi.