"Barselona" Braziliyaning eng iqtidorli yosh futbolchilaridan birini qo'lga kiritishga urinmoqda. "Atletiko Paranaense" hujumchisi Vitor Roke hamon jamoa ro'yxatida birinchi o'rinda.

Jurnalist Gabriel Sanz fikricha, 50 million evro tovon puli moliyaviy inqiroz sharoitida "Barselona" uchun juda qimmat. Shuning uchunular sotib olish majburiyati bilan ijaraga olish variantini o'rganmoqda.

"Atletiko Paranaense" bunday kelishuvga rozi bo'ladimi yoki yo'qmi hozircha noma'lum. Evropaning boshqa klublari futbolchi uchun pul to'lashga tayyor ekanligini hisobga olsak, "Barselona"da muammolar bo'lishi mumkin.