
Kataloniyaning "Barselona" klubi o'z himoyachisi Jyul Kunde uchun narx belgiladi. Jurnalist Toni Xuanmartining xabar berishicha, "ko'k-anorranglilar" frantsiyalik futbolchini 80 million evroga sotishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda "Barselona" himoyachi uchun "Sevilya"ga roppa-rosa 50 million evro to'lagan edi.
Avvalroq Jyul rahbariyatdan uni boshqa jamoaga sotishni so'ragan, chunki u o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasida o'ynashni istamagan. Futbolchi himoya markazidagi vazifasiga qaytishni istayotganini aniq aytdi.
Kelasi yozda Kunde transferi uchun qaysi jamoalar kurash olib borishi hozircha noma'lum. Londonning "Chelsi" klubi Jyulga bir yil avval qiziqish bildirgandi.
Fikrlar 0