"Relevo" xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi bu istagini jamoa bosh murabbiyi Xaviga aytib qo'ygan.

Kundega o'ng qanot himoyasida o'ynash ma'qul kelmayapti. U bunga qadar markaziy himoyada o'ynab kelgani uchun o'z reputatsiyasiga jiddiy ta'sir qilgan deb hisoblagan. "Barselona"da esa o'ng qanot himoyasida muammolar bor. Ushbu mavsumda Ektor Belerin jamoada o'zini ko'rsata olmadi va boshqa jamoaga ijaraga berib yuborildi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda Kundega "Chelsi" jiddiy da'vogarlik qilgan, biroq u LaLiga jamoasini tanlagandi.