Luish Figu Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistonida o'ynash qarorini hurmat qilish zarurligini aytdi.

38 yoshli portugaliyalik hujumchi joriy mavsumda "An-Nasr" safida o'ynamoqda. Saudiya Arabistoni chempionatida 15 ta o'yinda 14 ta gol urgan.

"Boshqa mamlakat, madaniyat va saviyada o'ynash qarori - bu har bir futbolchining faoliyati yakunida shaxsiy xohishi.

Futbolchilarning bunday qarorlari mutlaqo shaxsiydir. Biz ularni hurmat qilishimiz kerak", - dedi "Real" va "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi.