Madridning “Atletiko” klubi vingeri Yannik Karrasko 15 million evro evaziga “Barselona”ga o'tishi mumkin.

Belgiyalik futbolchi uzoq vaqtdan beri Kataloniya klubining transfer maqsadlaridan biri sanalgan, biroq hozircha “matraschilar” bilan kelishuv shartlari yakuniga etmadi.

"Barselona" "Atletiko"ni 29 yoshli futbolchini 15 million evroga sotishga ko'ndirishga harakat qiladi. Shuningdek, agar Karrasko bilan shartnoma imzolansa, klub Abde Ezzalzuli variantidan voz kechadi.

Yannik Karrasko bu mavsumda “Atletiko Madrid” safida 43 ta o'yinda 10 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.