"Barselona"ning hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembele orzusi haqida gapirdi.

"Mening eng katta orzuim – “Barselona” bilan Chempionlar ligasida g'alaba qozonish. O'zingiz sevgan klub bilan bunday sovrinni qo'lga kiritish yoqimli", - deya Dembelening so'zlarini keltiradi Barca Buzz.

Avvalroq matbuotda "Barselona" Dembelega 2027 yilgacha yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

2022/2023 yilgi mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda klubi uchun 33 ta o'yinda qatnashib, sakkizta gol va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.