
Joriy mavsumdan so'ng klubni tark etadigan "Barselona" himoyachisi Serxio Buskets yarim himoyachi Frenki de Yongning jamoadagi o'rni haqida gapirib, o'zini qaerda yaxshiroq ko'rsatishi mumkinligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“De Yong himoyaviy yarim himoyachi pozitsiyasidami? U erda o'ynashi mumkin, lekin u boshqa rolda o'zini qulayroq hisoblaydi. Uning yonida kimdir bo'lishi kerak, chunki u oldinga borishni yaxshi ko'radi. Albatta, u himoyaviy yarim himoyachi sifatida o'ynay oladi, lekin uning fazilatlari o'z roli bilan cheklanmaganida yaxshiroq namoyon bo'ladi", - dedi Buskets.
Fikrlar 0