
"Barselona" direktorlar kengashining sobiq a'zosi Xaver Bordas "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olishga urinish haqida ma'lumot berdi.
Funktsioner Kilian Mbappeni jamoaga jalb etish bo'yicha muvaffaqiyatsiz urinish haqida gapirdi. Uning so'zlariga ko'ra, "Barselona" uning uchun ajoyib summa to'lashga tayyor edi.
"Mbappe 100 million evro evaziga "Barselona"ga o'tishi mumkin edi. Neymar ketganidan keyin bizga vinger kerak edi. "Barselona" Dembele bilan shartnoma imzoladi, ammo ikkalasini ham olish imkoniyati bor edi. Mbappe "BBC" (Benzema, Beyl va Ronaldu triosi - muallif) tufayli "Real"ga borishni istamadi. Natijada, "Barselona" Koutino bilan shartnoma imzoladi" - dedi Bordas.
Fikrlar 0