Ispaniya terma jamoasi Niderlandiyada bo'lib o'tadigan Millatlar Ligasi final turniri uchun qaydnomani e'lon qildi.

"Qizil furiya" bosh murabbiyi Luis de la Fuente qaydnomaga 23 nafar futbolchini kiritdi.

Darvozabonlar: Simon («Atletik»), Kepa («Chelsi»), Rayya («Brentford»).

Himoyachilar: Karvaxal («Real»), Navas («Sevilya»), Laport («Manchester Siti»), Garsiya («Osasuna»), Le Norman («Real Sosedad»), Alba («Barselona»), Bernat («PSJ»).

Yarim himoyachilar: Rodri («Manchester Siti»), Subimendi («Real Sosedad»), Ruis («PSJ»), Merino («Real Sosedad»), Gavi («Barselona»), Kanales («Betis»), Asensio («Real»), Uilyams («Atletik»), Olmo («RB Leyptsig»), Pino («Vilyareal»).

Hujumchilar: Morata («Atletiko»), Xoselu («Espanol»), Moreno («Lids»).

Yarim finalda Ispaniya Italiya bilan o'ynaydi. O'yin 15 iyun kuni bo'lib o'tadi.