Robert Levandovski Lionel Messining "Barselona"ga qaytishiga umid qilmoqda.

“Biz Messi “Barselona”ga qaytishini kutishimiz kerak. Umid qilamanki, u qaytadi. Balki bir necha kundan keyin bizda qo'shimcha ma'lumotlar va aniqliklar bo'ladi.

Bilaman, u bilan o'ynash juda oson bo'ladi, chunki Leo o'yinning istalgan vaqtida deyarli har qanday pozitsiyada o'ynay oladi”, - dedi “Barselona” forvardi.