
«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Evropa ligasi finalida «Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino qilgan xatti-harakatlarga izoh berdi.
«Mourinoning hakamlarga nisbatan xatti-harakati? Maydonda nima bo'lishidan qat'i nazar, biz o'z reaktsiyamizni nazorat qilishimiz kerak», - dedi Xavi «Selta»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.
«Biz, murabbiylar, o'rnak bo'lishimiz kerak. Umid qilamanki, men hech qachon bunday holatga tushmayman», - deya qo'shimcha qildi «Barsa» bosh murabbiyi.
Chorshanba kungi Evropa ligasi finalida «Roma» va «Sevilya» o'rtasidagi o'yindan so'ng Mourino bosh hakam Entoni Teylorni avtoturargohgacha kuzatib, ingliz hakamini haqorat qildi.
Mourino yomon xulq-atvori uchun 10 o'yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Fikrlar 0