"Barselona" va "Manchester Siti" klublarining sobiq hujumchisi Serxio Agueroning o'g'li Benjamin Aguero argentinalik yulduz Lionel Messining "PSJ"dan ketishiga munosabat bildirdi.

Benjamin frantsuz top-klubining ijtimoiy tarmoqdagi posti ostiga: “U sizlar uchun juda katta shaxs”, deb izoh qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, Lionel 2021 yildan beri "PSJ" sharafini himoya qilib kelmoqda. U Parij jamoasini erkin agent sifatida tark etdi.

34 yoshli forvard o'tgan mavsumda 32 ta o'yinda 16 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.