Brand Finance konsalting kompaniyasi dunyoning eng qimmat futbol klublari reytingini tuzdi.Unga ko'ra, “Manchester Siti” klubi 1,51 milliard evro bilan birinchi o'ringa ko'tarildi. “Shaharliklar” so'nggi yil davomida 13 foizga qimmatlagan.Oxirgi to'rt yil ichida eng qimmat brend maqomida bo'lib kelgan “Real” esa bir pog'ona pastlagan.Top-10 lik reyting quyidagi ko'rinishni olgan:1. “Manchester Siti” – 1,51 milliard evro;2. “Real” – 1,46 mlrd evro;3. “Barselona” – 1,37 mlrd evro;4. “Manchester Yunayted” – 1,36 mlrd evro;5. “Liverpul” – 1,36 mlrd evro;6. “PSJ” – 1,13 mlrd evro;7. “Bavariya” – 1,1 mlrd evro;8. “Arsenal” – 0,91 mlrd evro;9. “Tottenhem” – 0,9 mlrd evro;10. “Chelsi” – 0,86 mlrd evro.