Sport nashri xabariga ko'ra, "Atletiko Paranaense" hujumchisi Vitor Roke ushbu transfer oynasida faoliyatini Evropaning top-klubida davom ettirishi mumkin.

Hujumchiga "Barselona" faol qiziqish bildirmoqda. Xabar qilinishicha, kataloniyaliklar hujumchining transferi uchun 45 million evro to'lashga tayyor.

Aprel oyida Rokening otasi "Barselona" rahbariyati bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.

Braziliyalik futbolchi uchun tovon puli 100 million evroni tashkil qiladi. Futbolchining "Atletiko Paranaense" bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.