"Inter" vitse-prezidenti Xaver Zanetti Parijni Mayamiga almashtirishga qaror qilgan va Devid Bekxem klubida o'ynaydigan Lionel Messining yangi sarguzashtlari haqida fikr bildirdi.

Argentina terma jamoasida bir necha yil Messi bilan yonma-yon o'ynagan Zanetti jahon chempionining xotirjam tanlov qilganiga ishonadi.

"Messi sport va oilaviy nuqtayi nazardan to'g'ri qaror qabul qildi. U tinchlikni xohladi va uning mavjudligi MLSning rivojlanishiga katta yordam beradi", - dedi Zanetti.