
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Manchester Siti"ning o'ng qanot himoyachisi Joau Kanseluni sotib olish uchun kurashni davom ettirmoqda, u yozda o'z jamoasini tark etishi mumkin.
Jurnalist Jerar Romeroning so'zlariga ko'ra, Kanseluning maoshiga juda yuqori talablar bor, bu esa moliyaviy muammolarga duch kelayotgan "Barselona" holatini ancha qiyinlashtiradi. “Ko'k-anorranglilar” futbolchini sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olmoqchi, biroq bu kelishuv ham Joauning maoshi tufayli qiyin bo'lib ko'rilmoqda.
Kanselu avvalroq "Manchester Siti" rahbariyati bilan yozda jamoani tark etishi haqida kelishib olgandi.
Fikrlar 0