
Seshanba kuni nufuzli transfermarkt portali mutaxassislari Frantsiya chempionati futbolchilarining taxminiy bahosini qayta ko'rib chiqishdi.
Iyun oyi oxirigacha "PSJ" ro'yxatida bo'ladigan va shundan keyingina "Inter Mayami"ga o'tadigan Lionel Messining narxi 10 million evroga arzonlashgani haqida xabar bergan edik.
Yana bir hujumchi Neymarning ham taxminiy qiymati 10 million evro yo'qotdi. Braziliyalik futbolchining narxi 60 million evroni tashkil etmoqda.
Aytish joizki, Neymar fevral oyidan beri "PSJ"da o'ynamadi. Futbolchi to'pig'idan olgan og'ir jarohatidan forig' bo'lish bilan band.
Qo'shimcha qilamizki, Neymar tarixdagi eng qimmat futbolchi bo'lib qolmoqda. 2017 yilda "PSJ" uning transferi uchun 222 million evro to'lagan.
Fikrlar 0