UEFA "Barselona"ning Chempionlar ligasidagi navbatdagi o'yini bo'yicha qaror qabul qildi. Cadena Ser jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, "ko'k-anorranglilar" evrokuboklarga qabul qilindi.

"Barselona" Negreyra ishi bo'yicha korruptsiyada gumon qilinib, unga evroturnirlardan chetlatilish bilan tahdid qilingandi.

UEFA tergovchilari tekshiruv o'tkazdi va Kataloniya klubining aybi aniqlanmadi. Xabarda aytilishicha, "Barselona" 2023/2024 yilgi Chempionlar ligasida qatnashishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionatining so'nggi mavsumida Xavi Ernandes shogirdlari muddatidan avval oltin medallarni qo'lga kiritgandi.