"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubning iqtisodiy ahvoliga baho berdi.

“Klubga kelganimizda vaziyat og'ir edi. Lekin biz javob bera oldik va klubni bankrotlikdan qutqarib qoldik.

"Barsa keyingi mavsumda tezligini oshiradi", dedi Laporta.

Oldinroq "Barselona" vitse-prezidenti Eduard Romeu Laport davrida maosh xarajatlari 708 million evrodan 528 million evroga tushirilganini aytgandi.