Andres Inesta Lionel Messining faoliyatini AQShda davom ettirish qarorida qo'llab-quvvatladi.

Argentinalik futbolchining "Barselona"dagi sobiq jamoadoshi hujumchining "Barselona"ga emas, "Inter Mayami"ga o'tishi haqidagi savolga javob berdi.

"Agar Messi "Barsa"ga qaytsa, bu ajoyib bo'lardi, bu ramziy ma'noga ko'ra alohida, lekin oxir-oqibat hamma unga eng yaxshi variantni qidirmoqda. U erda Messi shubhasiz yangi tajribaga ega bo'ladi.

Agar Messi shuni xohlagan bo'lsa, u qaerda bo'lsa ham shunday muvaffaqiyatga erishadi", - dedi Inesta.