"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta jamoaning hozirgi yulduzi Pedri haqida qanday fikrda ekanligini aytdi.

20 yoshida jamoa safida 109 ta o'yin o'tkazgan "ko'k-anorranglilar" yarim himoyachisi Inesta bilan tez-tez taqqoslanadi.

"Pedri hali juda yosh, lekin u allaqachon jamoaning asosiy figurasi. Uning maydonga qo'shgan hissasi juda muhim va uning rivojlanishi kelajakda ham davom etishi shubhasiz. Pedri hali o'zining yuqori cho'qqisiga chiqmagan ajoyib jamoada o'ynamoqda. Ishonchim komilki, keyingi mavsumda u yana eng yuqori saviyani namoyish etadi", - dedi “Vissel Kobe” bilan shartnoma muddati tugaganidan keyin erkin agentga aylangan 39 yoshli Inesta DAZN nashriga bergan intervyusida.