Barcelona
[readimg]http://cdn.tribuna.uz/uploads/io/muV8h1vjU59fHpDi91eyahq9Xx4sSD_normal.jpg[/readimg]
La Liga 10-turidan o‘rin olgan «Barselona» — «Real» o‘yini Madridga ko‘chirilmaydi va 26 oktyabr kuni «Kamp Nou»da o‘tkaziladi.
Avvalroq AS nashri Barselona shahrida davom etayotgan siyosiy norozilik namoyishlari tufayli, La Liga rahbariyati shunday taklif bilan klublarga murojaat qilgani haqida yozgan edi.
Marca xabariga ko‘ra, bu taklif klublarni qoniqtirmagan va ular rad javobini berishgan.
Qayd qilish joizki, siyosiy namoyishlar tufayli «Barselona» bir qancha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Klub La Liga navbatdagi turidan o‘rin olgan «Eybar»ga qarshi o‘yinga avtobusda borishi mumkin. Chunki yo‘llarda juda katta tirbandliklar tufayli aeroportga yetib olish qiyinlashmoqda.
UB
Fikrlar 1
Ha