Joan Laporta "Barselona" hozircha Superligani tark etmoqchi emasligini aytdi.

"Barselona"ning bu erda bo'lgani yaxshi, chunki biz UEFA va Superliga o'rtasidagi bog'lovchi vazifasini bajara olamiz", — dedi Kataloniya klubi prezidenti.

Eslatib o'tamiz, iyun oyida "Yuventus" Superliga loyihasidan chiqishini e'lon qilgan edi. Endi atigi ikkita klub qoldi - "Real" va "Barselona".