Ashraf Hakimiy ESPN telekanali tomonidan eng yaxshi o'ng qanot himoyachisi deb topildi.

ESPN ayni damdagi eng yaxshi futbolchilar reytingini toifalar bo'yicha tuzib chiqdi: darvozabon, o'ng qanot, markaziy himoya, chap qanot, markaziy yarim himoyachi, hujumkor yarim himoyachi, qanot hujumchisi, hujumchi va markaziy hujumchi.

ESPN ma'lumotlariga ko'ra eng yaxshi 10 nafar o'ng qanot himoyachisi:

1. Ashraf Hakimiy ("PSJ")

2. Kiran Tripper ("Nyukasl")

3. Kayl Uoker ("Manchester Siti")

4. Ris Jeyms (“Chelsi”)

5. Jyul Kunde ("Barselona")

6. Trent Aleksandr-Arnold (“Liverpul”)

7. Joau Kanselu ("Manchester Siti")

8. Dani Karvaxal ("Real Madrid")

9. Jovanni Di Lorentso (“Napoli”)

10. Jeremi Frimpong ("Bayer")