"Barselona" o'zining rasmiy saytida himoyachi Inigo Martines bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Tomonlar 2025 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolashdi. Futbolchining tovon puli 400 million evroni tashkil qiladi.

Futbolchi kataloniyaliklarga bepul o'tdi. U iyun oyida "Atletik"ni erkin agent sifatida tark etgandi.

Martines – "Real Sosedad" tarbiyalanuvchisi. U "Atletik"da 2018 yildan buyon o'ynab kelmoqda.

32 yoshli markaziy himoyachi o'tgan mavsum 18 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.