
"PSJ" yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Kilian Mbappe o'rniga "Barselona" vingeri Usmon Dembeleni sotib olishni ko'rib chiqmoqda, deya xabar beradi Footmercato.
Manbaning yozishicha, Dembelening o'yinlarini parijliklarning yangi bosh murabbiyi Luis Enrike yoqtiradi. Bundan tashqari, 26 yoshli frantsiyalik futbolchining “Barselona” bilan iyul oyi oxirigacha bo'lgan shartnomasida tovon puli 50 million evroni tashkil qiladi.
2022/23 yilgi mavsumda Dembele barcha musobaqalarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar 0