
"Barselona" Ferran Torres va Frank Kese uchun yangi klublar topishga qaror qildi.
Xabaringiz bor, Kataloniya klubi yozda yangi kelganlarni ro'yxatga olish bilan bog'liq muammolarni bartaraf etish uchun bir qator ishlarni amalga oshirishi kerak.
Jurnalist Xavi Migelning yozishicha, “Barselona” ayni damda ikki futbolchi – 23 yoshli vinger Ferran Torres va 26 yoshli yarim himoyachi Frank Keseni sotish ustida faol ishlamoqda.
Mish-mishlarga ko'ra, ispaniyalik futbolchiga Angliya premer-ligasi klublari qiziqish bildirmoqda, ivuarlik futbolchiga Saudiyaning "An-Nasr" klubidan qiziqish bor.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Torresning transfer narxi 30 million evro, Frenk Kese esa 25 millionga baholanmoqda.
Fikrlar 0