
"Barselona" himoyachisi Kleman Langle yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, frantsiyalik himoyachini "Barselona" 18 iyulgacha boshqa klubga o'tishini yakunlashga harakat qiladi. . Manbaga ko'ra, futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida o'tkazgan "Tottenxem"ga o'tish arafasida.
Manbaning aniqlik kiritishicha, agar “Tottenxem” bilan muzokaralar o'z vaqtida yakunlanmasa, himoyachi jamoa bilan AQSh turnesiga chiqadi. Biroq yaqin kunlarda frantsiyalik futbolchining London klubiga o'tishi rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
Fikrlar 0