"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde bosh murabbiy Xavi Ernandesga kelasi mavsumda istalgan pozisiyada o'ynashga tayyorligini va'da qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, Xavi kelasi mavsumda Kundega markaziy himoyachi vazifasini topshiradigan 3-4-3 tizimini qo'yishni rejalashtirgan.

Kundening "Barselona"dagi birinchi mavsumi yakunida futbolchi "Kamp Nou"ni tark etmoqchiligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.