"Barselona" sobiq futbolchisi noqulaylik va og'riqdan shikoyat qilib, Rio-de-Janeyrodagi "Barra d'Or" kasalxonasiga olib borildi.
Keyinroq Romarioga ichak infektsiyasi tashxisi qo'yilgani ma'lum qilindi. Braziliyalikning sog'lig'i barqaror, biroq hozircha unga ruxsat berish bo'yicha prognozlar yo'q. Romario 2021 yilda o't pufagini olib tashlash bo'yicha shoshilinch operatsiyani boshdan o'tkazgandi.
Romario 1994 yil Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempioniga aylangan.
Fikrlar 0