Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Pedri yangi mavsumga ancha kuchliroq kirishmoqda.

Ko'pchilik tomonidan hozirgi "Barselona"ning eng foydali va kreativ futbolchisi deb hisoblangan Pedri etti kilogramm vazn yig'di, bu yog' emas, balki toza mushaklardan iborat.

Endi u 67 kilogramm og'irlikda va oyoqlarida ancha o'sish kuzatilgan. Ispaniyaning Sport.es nashri xabariga ko'ra, futbolchi va uning fizioterapevtining maqsadi shu yo'l bilan etmish kilogramm vaznga chiqishdir, uning bo'yi 174 santimetrni tashkil etadi.