
"Barselona"ga o'tgan germaniyalik yarimhimoyachi Ilkay Gyundogan o'zining yangi klubini maqtashda davom etmoqda. Bu safar u avvalroq klubga o'tishga harakat qilganini, ammo imkoniyat endigina paydo bo'lganini aytdi.
"Men shu erda bo'lishni orzu qilardim. Ilgari urinishlar bo'lgan. Mening orzum amalga oshdi. "Barselona"da o'ynash - bu sharaf", dedi futbolchi.
Ilkay Gyundogan so'nggi etti yil davomida Angliyaning “Manchester Siti” klubida “Barselona” tarbiyalanuvchisi va sobiq murabbiyi Xosep Gvardiola qo'l ostida o'ynadi.
Fikrlar 0