"Barselona" yozda o'zining qanot yarim himoyachisi Rafinya Diazni sotishni rejalashtirmayapti. Sport nashri xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" rahbariyati braziliyalik futbolchini daxlsiz deb hisoblaydi.

Eslatib o'tamiz, Rafinya so'nggi paytlarda Riyod Maxrezga o'rinbosar qidirayotgan "Manchester Siti"ning asosiy transfer maqsadiga aylandi. Jazoirlik futbolchi hozirda Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishga yaqin turibdi, u erda uni "Al-Ahli" klubi kutmoqda.

Rafinyaning o'zi ham "Manchester Siti"ga o'tishni qat'iyan rad etadi. Avvalroq, futbolchi Angliya Premer-ligasida o'ynagan va u erda ikki mavsum davomida "Lids" sharafini himoya qilgan.