"Inter Mayami" o'z safiga "Barselona"ning sobiq futbolchilarini to'plamoqda.

Jamoa allaqachon Lionel Messi, Serxio Buskets va Jordi Alba bilan shartnoma imzoladi. Bahor oxirida Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasini tark etgan 39 yoshli Andres Inesta ham MLS klubiga o'tishi mumkin.

"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xerardo Martino Inestaning ehtimoliy transferi haqidagi savolga javob berdi.

“Inesta men murabbiylik qilgan eng yaxshi futbolchilar va odamlardan biri. Boshqa aytadigan gap yo'q” - dedi Martino jurnalistlarga.

Eslatib o'tamiz, Xerardo Martino va Andres Inestaning yo'llari bir vaqtlar Barselonada kesishgan.