Kataloniya klubi "Yuventus"ga qarshi o'yinni bekor bo'lganidan so'ng, "Barselona" 26 iyulga belgilangan "Arsenal"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi haqida ma'lumot berdi.

"Ko'k-anorranglilar" shanba kungi o'yinni tark etishdi, chunki jamoaning muhim qismi virusli gastroenterit bilan kasallangan.

"Barcelona" o'z muxlislarini shu chorshanba kuni Los-Anjelesdagi "SoFi" stadionida "Arsenal"ga qarshi o'tkazadigan o'yinga tashrif buyurishga va zavqlanishga undaydi.

Ikkala jamoa ham yaqin aloqada va o'yinimiz reja bo'yicha o'tishiga to'liq ishonamiz" - deyiladi "Barselona" bayonotida.

OAV "Barselona" "Yuventus" bilan o'yin bekor qilinganidan keyin 2 million evroga yaqin yo'qotganini xabar qildi.