35 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi Pedro Rodriges Rimning "Latsio" klubi bilan yangi shartnoma imzoladi. U 2023/24 yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan, deya xabar bermoqda "burgutlar" matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, Pedro faoliyatining so'nggi ikki yilida "Latsio"da o'ynadi. U Rim klubi safida jami 87 ta o'yin o'tkazib, 17 marta gol urgan va 11 marta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ispaniyalik futbolchi "Barselona" tarbiyalanuvchisi bo'lib, “ko'k-anorranglilar”dan tashqari Londonning “Chelsi” va Rimning “Roma” kabi klublarida ham o'ynagan.

"Latsio" keyingi mavsumda Chempionlar ligasida o'ynaydi, chunki klub o'tgan mavsum oxirida A Seriyada ikkinchi o'rinni egallagan edi.