
“Barsa”, “Selta”, “Sampdoriya” va boshqa klublarning kolumbiyalik sobiq himoyachisi Jeyson Murilo faoliyatini Qatarda davom ettiradi.
32 yoshli futbolchi erkin agent sifatida mahalliy "Ash-Shamal" klubi bilan ikki mavsumlik shartnoma imzoladi, deb xabar beradi uning yangi jamoasi matbuot xizmati.
O'tgan mavsumni A Seriyada o'tkazgan himoyachi "Sampdoriya"ni tark etdi. U milliy chempionatning 20 ta o'yinida gol ura olmagan.
Nufuzli Transfermarkt portali Lotin Amerikasi himoyachisini 1 million evroga baholamoqda.
Fikrlar 0