Xavi "Barselona" debyutanti Oriol Romeuning o'yinini yuqori baholadi.

“Bu ko'plab yakkakurashlarda g'alaba qozona oladigan haqiqiy lider. Bu ajoyib shartnoma va biz bundan mamnunmiz”, - dedi Xavi.

31 yoshli yarim himoyachi "Real"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida yaxshi harakat qildi. U raqib o'yinini a'lo darajada sekinlashtirdi va Frenki de Yong bilan juftlik bo'la oldi.

Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar futbolchini shu yilning yozida 3,5 million evro evaziga sotib olgandi.