
«Barselona» Kilian Mbappening kutilmagan transferi uchun ikki futbolchisini qurbon qilishi mumkin.
Parijliklar 24 yoshli hujumchini keyingi yili transfer narxisiz yo'qotmaslik uchun uni sotishga tayyor.
Mbappe o'rniga Usmon Dembele Parijda bo'lishi mumkin, frantsuz giganti uni 50 million evroga sotib olishni rejalashtirmoqda, chunki uning shartnomasidagi ozod qilish bandi bunga imkon beradi.
Jurnalist Loik Tansining yozishicha, «Barselona» «PSJ»ga Mbappeni Dembele va Gaviga almashtirishni taklif qilishga tayyor.
Transfermarkt Usmon Dembeleni 60 mln evroga, Gavini 90 mln evroga va Mbappeni 180 mln evroga baholamoqda.
Fikrlar 0