«Barselona» qanot hujumchisi Usmon Dembele sotilgan taqdirda bir qancha transfer kelishuvlarini amalga oshirishi mumkin.

26 yoshli frantsiyalik futbolchini «PSJ» 50 million evro miqdoridagi tovon puli orqali o'z safiga qo'shib olishga tayyor. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, agar Dembele sotilsa, «Barselona» transferdan tushgan mablag'ning bir qismini «Manchester Siti»ning o'ng qanot himoyachisi Joau Kanseluni sotib olish uchun ishlatishi mumkin. Yana bir muqobil variant esa «Valyadolid»ning 18 yoshli o'ng qanot himoyachisi Ivan Fresneda bo'ladi.

Transfermarkt ekspertlari Kanseluning narxini 50 million evroga, Fresnedani esa 15 millionga baholamoqda.