"Barselona" vingeri Usmon Dembele "PSJ"ga o'tsa, yiliga 20 million evrodan ko'proq maosh oladi, deya xabar beradi Le Parisien.

Qayd etilishicha, 26 yoshli frantsiyalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma allaqachon kelishib olingan.

O'tgan mavsumda vinger kataloniyaliklar safida barcha turnirlarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.