«Barselona» vingeri Usmon Dembele «PSJ»ga o'tdi, - deydi Fabritsio Romano.

Manbaga ko'ra, parijliklar 26 yoshli frantsuzni 50 million evroga sotib olish bo'yicha variantni faollashtirgan. Shu haftada u 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.

Dembele o'tgan mavsumda «Barselona» safida barcha turnirlarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 60 million evroga baholamoqda.